“Buxoro” o‘zgarishlar ostonasida. Jamoa stadioni bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor"dan oldinda

  • 17 aprel, 2022, 12:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

8 aprel kuni tunda O‘zPFL ishchi guruhi “Buxoro” stadioni projektorlarini tekshiruvdan o‘tkazgandi. Xulosalar shuni ko‘rsatdiki, “Buxoro” stadioni projektorlari o‘rtacha 1832 lyuks yorug‘lik taqdim eta oladi. Bu esa OFK Chempionlar ligasi musobaqasi uchun talab qiladigan minimal ko‘rsatkichga javob beradi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Ikki yildan ortiqroq vaqt davomida mazkur stadionda futbol uchrashuvlari o‘tkazilmadi. Shundan kelib chiqib, shamol va boshqa tabiat hodisalari projektorlar lampalarini o‘z joyidan biroz siljitgan. Buning oqibatida yorug‘lik maydon bo‘ylab teng taqsimlanmagan.

O‘zPFL bosh direktori hamda Buxoro viloyati hokimi o‘rtasidagi uchrashuv davomida mazkur masala ham muhokama etildi. Shundan kelib chiqib, hokim tomonidan tegishli tashkilotlarga 26 aprel sanasiga qadar yorug‘lik etib boruvchi nuqtalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda projektori eng yaxshi stadion “Bunyodkor” bo‘lib, u o‘rtacha 2400 lyuksni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda “Qizilqum” (2200), “So‘g‘diyona” (1900), “Turon” (1900) jamoalari o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionlar turadi. “Buxoro” stadioni talab etilgan sozlamalardan keyin bu borada mamlakatning beshinchi raqamli stadioniga aylanadi.

photo_2022-04-15_16-57-30

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!