"Buxoro" safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shildi

  • 22 yanvar, 2020, 20:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Buxoro” klubi safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shildi.

Tecno

Buxoroliklar matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga ukrainalik ligioner hujumchi Dmitriy Kozban (so‘ngi klubi Ukrainaning "Kremen" jamoasi), yarim himoyachilar Sardor Eminov (so‘ngi klubi Samarqandning "Dinamo" jamoasi), Ayubxon Nomanov (so‘ngi klubi Namanganning "Navbahor" jamoasi) hamda darvozabon Zafar Safoyevlar (so‘ngi klubi Bekobodning "Metallurg" jamoasi) kelib qo‘shilishdi.

Ushbu futbolchilar hozircha “Buxoro” safida ko‘rikdan o‘tishadi. Agar ularning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, bu futbolchilar mavsumni buxoroliklar safida o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
22/01/2020 22:19
Бухорооооо чемпион
&
Azalshoh
22/01/2020 21:30
Gastrolyer o'yinchilar,gastroler chempionat!