
"Buxoro" ustozi jamoa Superligada qolish vazifasini uddalaganidan keyin nimalar dedi?
Superliga oxirgi turida "Buxoro" o‘z uyida AGMKni so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol urib, g‘alaba qozondi va chempionatda qolishni uddaladi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Juda ham jo‘shqin hissiyotlarga to‘lib boryapman, yigitlar qiyin o‘yindan chiqib olishdi. O‘yin og‘ir, murosasiz va halol o‘tdi. "Final"ga teng o‘yin desam adashmayman. Fursatdan foydalanib bizni butun mavsum davomida qo‘llab-quvatlab kelgan viloyat hokimi Barnoev O‘ktam Isaevichga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Hamda eng asosiysi jamoada qoniqarsiz natijalar bo‘lishiga qaramasdan biz bilan birga bo‘lgan jamoamiz muxlislariga katta raxmat. Ushbu g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz. Jamoaning barcha a’zolariga o‘z tashakkurlarimni izhor qilaman. Nasib qilsa, kelasi mavsumda kuchayib, yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa tuzamiz. Yana bir bor hammaga raxmat, - dedi murabbiy.
Fikrlar