Buxoroda “ATF Championship” promousheni navbatdagi jang kechasini o‘tkazadi

  • 23 iyun, 2021, 10:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Buxoroda o‘zbek yakkakurash olamining yorqin namoyandalaridan biri Muzaffar Radjabov boshchiligida “ATF Championship” promousheniga asos solingandi. Mazkur promoushen o‘zining ilk turnirini o‘tkazib ulgurdi. 4 iyul kuni esa Buxoro shahridagi “Turon Plaza” mehmonxonasida  navbatdagi jang kechasi o‘tkaziladi.

Mazkur kechada jang qiluvchi barcha juftliklar deyarli ma’lum bo‘lib ulgurdi. Bu safar ham janglar professional kikboksing hamda MMA yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Asosiy tashkilotchi Muzaffar Radjabovning ta’kidlashicha, bu safargi turnir yanada qiziqarli o‘tadi. Sababi, yuqori darajadagi sportchilar jalb qilingan va ushbu promoushenning har bitta turniriga oddiy jangchilar taklif qilinmaydi. Faqat yuqori salohiyatga ega va iste’dodli yakkakurash ustalari o‘z janglarini o‘tkazadi. Chunki ushbu promoushenda chempionlikka erishganlar xorijning nufuzli promoushenlari bilan shartnoma imzolaydi.

Shu o‘rinda mazkur jang kechasi Sports.uz saytining Youtube kanalida jonli ravishda efirga uzatilishini ham ta’kidlab o‘tgan bo‘lardik.

Jang kechasiga oid yangiliklardan boxabar qilib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!