
Buxoroda “Brave CF” promousheni hamkorligida MMA turniri o‘tkaziladi
Bahraynning “Brave CF” ligasi O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi, Buxoro qo‘l jangi federatsiyasi rahbari hamda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Muzaffar Radjabov bilan hamkorlikda turnir o‘tkazish borasida shartnoma imzoladi.
Muzaffar Radjabovning saytimizga ma’lum qilishicha, hamkorlikdagi MMA turniri 27 iyunda tashkil etiladi. Shuningdek, mazkur turnir jahon darajasida bo‘lishi, kuchli jangchilar taklif etilishini ham ta’kidlab o‘tdi.
Fikrlar