"Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026" turniri. 71 ta medal yurtimizda qoldi
To‘rt kun davomida Olimpiya shaharchasidagi Yakkakurashlar arenasi dzyudo bo‘yicha Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo ochiq Kubogiga mezbonlik qildi.
"Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026" musobaqasida dunyoning 10 dan ortiq davlatidan kelgan 1500 nafarga yaqin iste’dod egalari ikki yosh toifasida tashkil etilgan murosasiz bellashuvlarda o‘z mahoratlarini namoyish qildi.
Quvonarlisi, ham kadetlar, ham yoshlar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoalari mutlaq ustunlik bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Aurelian Chiprian-Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz 13 ta oltin, 9 ta kumush, 16 ta bronza, Iskandar Rasulov boshchiligidagi yoshlarimiz esa 9 ta oltin, 9 ta kumush, 15 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Ikki terma jamoamiz umumiy hisobda 71 ta medalni O‘zbekistonda olib qolishdi. Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar