
"CAFA Nations Cup 2025". 2-turdan so‘ng guruhimizda kim etakchi?
Xabaringiz bor, "CAFA Nations Cup 2025" turniri A guruhining 2-tur bellashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Karlush Keyrush boshqaruvidagi O‘mon terma jamoasi birinchi turda O‘zbekiston bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan edi. Navbatdagi turda esa Qirg‘iz Respublikasini 2:1 hisobida taslim etdi.
Timur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz esa "Olimpik" stadionida bu gal Turkmanistonni qabul qilib, xuddi O‘mon kabi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeevning 2 goliga Didar Durdiev bir marta penaltidan unumli foydalanib, javob berdi.
Ushbu to‘qnashuvlardan so‘ng guruhimizdagi holat bilan tanishing!
Fikrlar