
“CAFA NATIONS CUP”. Eron Afg‘onistonni "yanchib tashladi"
“CAFA NATIONS CUP” turnirining 2-turida Eron va Afg‘oniston terma jamoalari bellashdi. Uchrashuv Eron termasining yirik, 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, 20 daqiqada chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni Sardor Azmun boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib Mehdi Taremi hisobni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 27 daqiqada Eron penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va Taremi bu vaziyatdan unumli foydalanib, dublga erishdi. Birinchi bo‘limning so‘ngida Azmunning aqlli uzatmasidan Alirizo Jahonbahsh foydalanib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi. Birinchi taym shu tariqa yakunlandi.
Biroq bu hammasi emas edi. Ikkinchi bo‘limni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan Amir Galenoi shogirdlari 52 daqiqada yana o‘sha 9 raqamli hujmchi Taremi gol urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Oradan bir daqiqa ham o‘tmay Afg‘oniston termasi sardori Farshad Nur jarima zarbasidan super zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. 67 daqiqada Rizo Asadi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, hisob 6:1.
Shu tariqa, Eron termasi ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Fikrlar