
"CAFA Nations Cup". Eron finalga yo‘l oldi. Tojikiston 3-o‘rin uchun kurashadi
Xabaringiz bor, "CAFA Nations Cup" turnirining "B" guruhida barcha o‘yinlar o‘tkazilib, o‘z nihoyasiga etdi.
Eron terma jamoasi guruhni 7 ochko bilan peshqadam bo‘lib yakunladi va finalga yo‘l oldi. Forslar dastlab Afg‘onistonni mag‘lub etib, navbatdagi turda Hindistonni yirik hisobda taslim etgan edi. So‘nggi turda esa jamoa Tojikiston bilan jangovar durang o‘ynadi.
Ikkinchi o‘rinni esa Eron bilan durang o‘ynagan jamoa - Tojikiston egalladi va 3-o‘rin uchun kurashni saqlab qoldi.
Hindiston va Afg‘oniston bu turnirdagi o‘z yurishlarini guruh bosqichining o‘zida yakunladi!
Fikrlar