
Chalxanoglu bo‘lajak o‘yinda "Milan"ga yordam berolmaydi
“Milan” yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu 18 yanvar kuni “Kalyari”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Chalxanogluning ushbu bellashuvda maydonga tushmaslik ehtimoli 99,9 foizni tashkil etadi. Boisi, turkiyalik futbolchi oxirgi ikki kundan buyon “rossonerilar” mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti.
Xakan Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar