
Chalxanoglu "Milan" taklif qilayotgan maoshdan ikki barobar ko‘proq talab qilmoqda
"Milan" rahbariyati turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirish masalasida kelisha olmayapti.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, tomonlar maosh masalasida o‘zaro bir qarorga kela olmayapti. Chalxanoglu yiliga 7 mln evro maosh so‘ramoqda, ammo “rossonerilar” unga 3,5 mln evro taklif qilmoqda. Aytish kerakki, 26 yoshli futbolchining hozirgi maoshi 2,5 mln evroni tashkil etadi.
Chalxanogluning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Unga "Yuventus", "Inter", "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublaridan taklif bo‘lmoqda.
Fikrlar