Charlz Oliveyra: "Maxachev bilan ko‘chada ham jang qilaveraman"
UFC engil vazn toifasi (70,3 kg) etakchisi Charlz Oliveyra Maxachev bilan jang haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.
“Abu-Dabida Islamga qarshi jang qilishga tayyorman. Faqat UFC men istagan pulimni to‘lashiga rozi bo‘lsin.
Men uchun Maxachev bilan qaerda jang qilish muxim emas. U bilan Abu-Dabida ham, xatto ko‘chada ham jang qila olaman. Agar, ular kerakli gonorarni bera olishsa bas!",- dedi Oliveyra.
Zukko o‘quvchilarimiz ushbu qarama-qarshilik haqida qanday fikrda? Kimning imkoniyati yuqori? Agar, Oliveyra Maxachevni mag‘lub etsa, Habib Nurmagomedov yana sportchilik faoliyatiga qaytish mumkinmi? Fikr va muloxazalaringizni kutib qolamiz?

Fikrlar