Charlz Oliveyra: "Maxachev menga qarshi jangga tayyormikin?"

  • 18 noyabr, 2024, 16:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra joriy divizion chempioni Islom Maxachevga qarshi jangga tayyorligini ma’lum qildi.

"Men Maxachevga qarshi jangga tayyorman. Men chempion bo‘lishni xohlayman. Buni hamma biladi. Ammo Maxachev bunga tayyormi, bunisi menga qorong‘u", - deya Oliveyraning so‘zlarini keltirdi MMA Junkie.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik sportchi AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 309" turnirida Maykl Chendlerni mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!