"Chelsi", MYu va "Tottenxem" bir futbolchining qarorini kutmoqda

  • 17.06.2020 12:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “”Tottenxem” klublari “Yuventus” transferga qo‘yishga qaror qilgan Aaron Remzini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.

Turinliklar o‘tgan yili jamoaga erkin agent sifatida kelgan futbolchini yozda sotib yuborishini ma’lum qilgan. Bunga futbolchining maoshi yuqoriligi sabab bo‘lmoqda. Remzi ayni paytda haftasiga 445 ming evro miqdorida haq olmoqda.

Joriy mavsum Remzi Italiya chempionatida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!