
“Chelsi” 120 million evrolik futbolchini kutmoqda
“Chelsi” asosiy himoyachisi Antonio Ryudigerni qo‘ldan chiqarishi mumkin. “Aristokratlar” germaniyalik futbolchiga yiliga 8,5 million evro maosh ko‘rsatilgan shartnoma berdi. Biroq, Ryudiger hali uni qabul qilgani yo‘q.
Tomas Tuxel qo‘l ostida jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylangan Antonio o‘ziga qiziqish bildirayotgan jamoalar bilan qishda muzokara o‘tkazganidan keyin bir qarorga kelmoqchi.
“Chelsi” mutasaddilari uning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi ham topdi. Unga ko‘ra, londonliklar “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Roman Abramovich niderlandiyalik futbolchi uchun 120 million evro berishga tayyor.
“Yuventus” Matteys de Ligtni 2019 yili “Ayaks”dan 86 million evroga sotib olgandi.
Fikrlar