
“Chelsi” 3 yulduz uchun 7 futbolchisidan voz kechdi!
“Chelsi” rahbariyati jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish uchun uch nafar supero‘yinchining transferini amalga oshirmoqchi.
Fabritsio Romano va Mett Lou kabi insayderlar hamda bir necha nufuzli manbalar “aristokratlar” jami 175 million evrolik qimmatbaho transferlarga bel bog‘laganini xabar qildi.
“Chelsi” Mark Gexi, Viktor Dyokeresh va Kobbi Maynu kabi keyingi mavsumlarda porlab borayotgan o‘yinchilarga ko‘z tikmoqda.
Londonliklar bu transferlarga ketadigan mablag‘ni bosh murabbiy Entso Mareskaga kerak bo‘lmay qolgan etti nafar futbolchini sotib orqali topmoqchi.
Ketadiganlar va ular uchun talab qilinayotgan summalar bilan tanishing:
Chezare Kasadei – 20 million evro;
Ben Chiluell — 20-30 million evro;
Karni Chukvuemeka —40 million funt;
Kristofer Nkunku — 50 million evro;
Renatu Veyga —25 million evro;
Trevo Chaloba —13 million evro;
Aksel Disasi – 30 million evro.
Fikrlar