"Chelsi" afsonasi vafot etdi

  • 12 aprel, 2020, 20:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aristokratlar"ning sobiq posboni Piter Bonetti 78 yoshida olamdan o‘tdi. Bonetti 1960-70 yillar mobaynida "Chelsi" va Angliya terma jamoasi safida to‘p surgan. 1965 yili klubi bilan Liga kubogini, 1970 yili Angliya kubogini va 1971 yili kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan. 1966 yili Angliya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan va inglizlarning yagona jahon chempionligi bilan yakunlangan tarixiy turnirda ham u milliy terma jamoa tarkibida bo‘lgan. Terma jamoada u Gordon Benksdan so‘ng ikkinchi darvozabon bo‘lgan.

Bonetti "Chelsi" safida 709 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ularning 208 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishgan. Ma’lumot uchun, marhum futbolchi o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Ron Xarris va quruq o‘yinlar ko‘rsatkichi bo‘yicha Petr Chexdan so‘ng "aristokratlar" tarixidagi ikkinchi futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!