
"Chelsi" asosiy himoyachisini qishki transferlar vaqtidayoq sotmoqchi
"Chelsi" markaziy himoyachisi Trevo Chaloba tez orada jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, "aristokratlar" rahbariyati angliyalik futbolchini qishki transfer oynasi tugagunga qadar sotish haqida o‘ylamoqda.
23 yoshli himoyachi allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda bu mish-mishlarga javob qaytargan: "Bolalar, mening sevimli rangim ko‘k. Sizniki nima?" Bu bilan himoyachi "aristokratlar" jamoasini tark etmoqchi emasligiga sha’ma qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Chaloba londonliklarning Angliya premer-ligasidagi 12 ta o‘yinida ishtirok etdi.
Fikrlar