"Chelsi" "Aston "Villa" bilan murosa yo‘lini tanladi (video)
Angliya premer-ligasining 16-turida “Chelsi” o‘z maydonida “Aston Villa”ga qarshi bahs olib bordi.
“Stemford Brij”da kechgan o‘yin 1:1 hisobida durang bilan tugadi. Dastlab, 34-daqiqada Olive Jiru “aristokratlar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 50-daqiqada Anvar El-Gazi birmingemliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golni kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar