
"Chelsi" "Ayaks" xavbekini qo‘lga kiritishga urinmoqda
"Chelsi" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. "Aristokratlar" "Ayaks" vakili Muhammad Qudusni sotib olishga harakat qilmoqda. Klub va futbolchi o‘rtasida deyarli kelishuvga erishildi, deya xabar bermoqda "The Athletic" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, Qudus ushbu yozda top klubga o‘tishni istaydi. U qishda ham jamoani tark etishga qaror qilgandi. Ammo yaxshi taklif kelmagan. "Everton" yarim himoyachiga qiziqib ko‘rdi, lekin kelisha olmadi. Shuningdek, "Brayton" ham xavbekni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Qudus yakuniga etgan mavsumda "Ayaks" safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar