"Chelsi" "Barsa" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Chelsi" "Barselona" futbolchisi Alexandro Baldeni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. "Aristokratlar"ning ispaniyalik himoyachini sotib olishi uning jamoasiga moliyaviy holatini yaxshilab olishida yordam berishi mumkin.
Baldening "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Futbolchi mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. U Albaning maydondagi daqiqalarini kamaytirib yubordi.
"Chelsi"ning chap qanot himoyasida harakat qilayotgan Chilvellni "Manchester Siti" kuzatib bormoqda. Agarda "shaharliklar" tarkibini yozda Kanselu tark etsa, uning o‘rnini angliyalik fulbek egallashi mumkin.

Fikrlar