
"Chelsi" Belgiya terma jamoasi hujumchisini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
“Napoli” klubi forvardi Dris Mertens faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi neapolliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu bois u boshqa jamoalarning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor. Unga esa “Chelsi” asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.
Mertens joriy mavsum A Seriyada jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar