“Chelsi” birdaniga to‘rt yulduzdan voz kechdi

  • 10 iyun, 2022, 19:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Mavsumni sovrinsiz yakunlagan “Chelsi” tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda. The Telegraph nashrining xabar berishicha, klubning yangi rahbariyati jamoa hujumida o‘ynaydigan bir necha futbolchidan voz kechishga qaror qildi.

Birinchi navbatda, rekord summa – 97,5 million funtga olingan Romelu Lukakuni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborish kerak. Hozir, klub mutasaddilari bu borada “Inter” bilan muzokara o‘tkazyapti.

Belgiyalik hujumchidan tashqari, germaniyalik hujumchi Timo Verner, marokashlik hujumkor futbolchi Hakim Ziyosh va ameriklik vinger Kristan Plushich ham “aristokratlar”ga kerak bo‘lmay qolgani ta’kidlandi.

Rahbariyat bu futbolchilarning o‘rniga “Manchester Siti”dan Rahim Sterling va Gabriel Jezus, “Barselona”dan Usmon Dembele, “Leyptsig”dan Kristofer Nkunku, “Bavariya”dan Robert Levandovski kabi hujumchilarni olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!