
“Chelsi” bosh murabbiy masalasini hal qildi
“Chelsi” rahbariyati Frenk Lempard ketgan taqdirda jamoani kimga topshirish bo‘yicha reja tuzdi.
Unga ko‘ra, agar Lempard tez orada lavozimidan ozod etiladigan bo‘lsa, vaqtinchalik murabbiy vazifasini Avraam Grant bajaradi. Bu mutaxassis 2007-2008 yillarda “aristokratlar”ga ustozlik qilgan. Isroillik murabbiy yozga qadar ishlaydi.
Keyin jamoa boshqaruviga PSJdan iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel olib kelinadi. Germaniyalik mutaxassis “Chelsi”ni yozda qabul qilib olishga tayyor. Agar tomonlar kelisha olmasa Roman Abramovich ro‘yxatida Yulian Nagelsmann, Massimiliano Allegri, Brendan Rojers va Ralf Xazenxyuttl kabi mutaxassislarning nomi bor.
Fikrlar