
“Chelsi” supertransferga pulni ayamadi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel bir necha himoyachi ketganidan keyin zaiflashib qolgan mudofaa chizig‘ini kuchli o‘yinchilar bilan to‘ldirmoqchi.
“Aristokratlar” birinchi navbatda “Sevilya” markaziy himoyachisi Jyul Kundeni Londonga olib kelmoqchi. Ispan klubi angliyaliklarning dastlabki takliflarini rad etganidan keyin “Chelsi” narxni ko‘tardi.
Boshida frantsiyalik himoyachi uchun 55 million evro taklif qilgan londonliklar endi 65 million evroga yaqin summa berishga tayyor.
Kundening o‘zi shaxsiy shartnomasi bo‘yicha “Chelsi”dan tashqari “Barselona” bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fikrlar