"Chelsi" Chalxano‘g‘liga rasmiy taklif yubordi
Leverkuzenning "Bayer" klubi etakchisi Hoqon Chalxano‘g‘li faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Turkish-football.com nashrining xabar berishicha Londonning "Chelsi" klubi 22 yoshli turkiyalik futbolchi borasida nemis klubiga rasmiy taklif yuborgan.
"Aristokratlar" bosh murabbiyi Antonio Konte iqtidorli yarim himoyachidan yaqindagina Xitoyning "Shanxay SIPG" klubiga ko‘chib o‘tgan Oskarning o‘rnida foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi a’zosi bu mavsum "Bayer" safida jami 20ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar