"Chelsi" Donnarumma transferi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 29 iyul, 19:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi "Pari Sen-Jermen" darvozaboni Janluiji Donnarumma uchun kurashga qo‘shilish niyatida emas.

Tecno

Parijliklar "Lill" klubidan Lyuk Shevaleni sotib olishga yaqin turishibdi va shu orqali Donnarummaning ketishi borasidagi gap-so‘zlar yanada kuchaydi.

Avvalroq italiyalik golkiperga "Chelsi" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, jurnalist Mett Louning ma’lum qilishicha, ayni paytda "aristokratlar" uni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida emas.

Ko‘rinadiki, Entso Mareskaning jamoasida birinchi raqamli darvozabon sifatida Robert Sanches qoladi.

Donnarummaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtasida yakunlanadi. Tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida bir to‘xtamga kela olishmadi. Ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar esa shu hafta boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!