“Chelsi” dunyoning eng zo‘r yarim himoyachisini oladi

  • 29 dekabr, 2022, 15:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibini Deklan Rays yordamida kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

“Aristokratlar” xo‘jayini Todd Byoli bu o‘yinchini dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi, deb hisoblaydi va uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

“Chelsi” Deklan Raysni olish uchun “Vest Xem”ga 75 million funt to‘lashga tayyorligini bildirgan. “Bolg‘aurarlar” bir necha mavsumdan beri o‘z etakchisini grand klublarga sotmay kelyapti. Bu gal “aristokratlar” nima qilib bo‘lsa ham, o‘z maqsadini amalga oshirmoqchi.

Deklan Raysning o‘zi ham sovrinlar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynamoqchi. Shu bois u klubning yangi shartnoma borasidagi takliflarini qabul qilmayati. Amaldagi bitim 2024 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!