“Chelsi” EChLda chempion bo‘lish uchun 250 million funtga futbolchi olyapti

  • 6 may, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” UEFA Chempionlar ligasining finaliga yo‘llanma olganidan keyin klub rahbariyati jamoa oldiga bosh sovrinni qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ydi. Buni amalga oshirish uchun klub yozgi transferlar vaqtida qariyb 250 million funtga uch nafar superfutbolchini oladigan bo‘lyapti.

“Chelsi” xo‘jayinlar  Tomas Tuxelning ishidan qoniqmoqda va undan jamoani har mavsum nufuzli sovrinlar uchun kurashishga tayyolashni talab qilyapti.

Birinchi navbatda, “Chelsi” rahbariyati “Borussiya” yarim himoyachisi Jeydon Sancho transferini rejalashtirmoqda va angliyalik futbolchi uchun 78 million funt tikishga tayyor.

Shuningdek, “Inter”ning  katta tanaffusdan chempionlikka erishishiga muhim hissa qo‘shgan Romelu Lukakuni qaytarish bo‘yicha ham ish boshlanadi. Buning uchun “aristokratlar” 105 million funt ajratadi.

“Sevilya”ning ishongan himoyachisi Jyul Kunde ham qisqartirilgan ro‘yxatdan joy oldi. Bu futbolchini olish uchun 66 million funt sarflanadi.

Bundan tashqari, yangi transferlar ketadigan xarajatlarning ma’lum qismini qoplash uchun jamoaga yangi taklif etilgan, lekin o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmagan Hakim Ziesh va Timo Verner, o‘yini pasayib ketgan Temmi Abraxam kabi futbolchilar sotib yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!