"Chelsi" Evropa chempionini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 14 noyabr, 2021, 16:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lorentso Insine "Napoli"ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar bermoqda. 

Uning neapolliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. 30 yoshli futbolchi jamoada qolish uchun maoshini qisqartirishni istamayapti. Kelasi yilda erkin agentga aylanadigan hujumchini "Chelsi" tekinga qo‘lga kiritmoqchi.

Joriy mavsumda 19 ta uchrashuv o‘tgazgan Insine 5 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!