"Chelsi" frantsiyalik himoyachini sotib olishga yaqin

  • 31.07.2023 05:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" "Monako" vakili Aksel Disasini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga juda ham yaqin turibdi. Tomonlar 45 million evrolik kelishuvga erishib bo‘ldi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

Disasi bilan 6 yillik bitim imzolanadi. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli himoyachiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgan, lekin hali taklif bilan chiqmagan edi. Klub ayni paytda ayrim himoyachilarini sotishni rejalashtirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!