"Chelsi" futbolchisi A Seriyaga o‘tishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini "Milan" klubida davom ettirishi mumkin.

Italiya klubi 27 yoshli himoyachini ijaraga olishni maqsad qilmoqda va bunga erishish uchun klub rahbariyati ishga kirishdi.

Avvalroq, futbolchiga PSJ, "Tottenxem", "Barselona" va "Roma" klublaridan qiziqish bildirilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Ryudiger "Chelsi"ni tark etishi mumkin, chunki u muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushishni istamoqda.

Germaniyalik futbolchi 2015-2017 yillarda A Seriyaning "Roma" klubida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!