"Chelsi" futbolchisi A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" klubi chap qanot himoyachisi Emerson yozda Italiya A Seriyasiga yo‘l olishi mumkin, deya xabar bermoqda CalcioNapoli24 nashri.

Ta’kidlanishicha, londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempard 25 yoshli futbolchi xizmatlaridan foydalanmoqchi emas va klub rahbariyatiga uni transferga qo‘yishi mumkinligini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida "Napoli" yozgi transfer oynasi vaqtida qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va shu sabab Emersonga 3 million evro maoshga ega 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!