"Chelsi" futbolchisi arablar va ispanlar orasida talash bo‘lyapti

  • 20.08.2026 11:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» klubi markaziy himoyachisi Mamadu Sarrga transfer bozorida qiziqish ortib bormoqda.

Jurnalist Nizaar Kinsellaning ma'lum qilishicha, «Real Sosyedad» 20 yoshli futbolchini ijaraga olish niyatida. Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi esa uni to‘liq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Shuningdek, himoyachiga Angliya premyer-ligasi klublari, shu bilan birga Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida ishtirok etayotgan, nomlari oshkor etilmagan jamoalar ham da'vogarlik sifatida qayd etilgan.

Transfermarkt portali Mamadu Sarrni 22 million yevroga baholamoqda. O‘tgan yil yozida «Chelsi» senegallik futbolchini «Strasburg» klubidan sotib olgan va keyinchalik uni fevralga qadar aynan shu jamoaga ijaraga qaytargan. Londonliklar asosiy tarkibida Sarr shu kungacha yetti o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!