
"Chelsi" futbolchisi jamoasining taklifini rad etdi
"Chelsi" futbolchisi Antonio Ryudiger rahbariyat unga yuborgan taklifini rad etdi. Qayd etilishicha, klub unga haftasiga 140 ming funt sterling maosh to‘lamoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, London klubi ushbu summani norasmiy tarzda 200 ming funtgacha ko‘targan. Biroq shunda ham germaniyalik himoyachi bunga rozilik bildirmagan.
Eslatib o‘tamiz, yozda erkin agentga aylanadigan Ryudigerga ayni paytda PSJ, "Barselona", "Real Madrid" va MYu kabi grand klublar qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Antonio Ryudiger joriy mavsum APLdagi 23 uchrashuvda 2 gol va 2 assistga mualliflik qilgan.
Fikrlar