"Chelsi" futbolchisi noma’lum muddatga diskvalifikatsiya qilindi

  • 17 dekabr, 2024, 16:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi Mixail Mudrik doping testidan o‘ta olmagani sabab, bir necha muddatga safdan chiqarildi. 
 
Ukrainalik vinger doping bo‘yicha test topshirgan edi, ammo natija musbat bo‘lib chiqdi. Bu xabarni "aristokratlar" klubi ham rasman tasdiqladi.  Hozircha "A" bosqichida taqiqlangan modda aniqlangan. Agarda "B" tekshiruvda ham shunday bo‘lsa, futbolchi uzoq muddatga chetlatiladi.
 
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli hujumkor futbolchi bu mavsum londonliklar safida 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 30 million evroni tashkil qiladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!