
"Chelsi" futbolchisi "Real"ga o‘tishga juda yaqin
"Chelsi"ning germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger yozgi transferlar davrida "Real" bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Janluka Di Martsio.
Manba bergan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” Chempionlar ligasining 1/4 finali doirasida "Santyago Bernabeu"da o‘tgan “Chelsi”ga qarshi uchrashuvdan (2:3) so‘ng germaniyalik futbolchi bilan muzokaralarni qayta boshlagan.
Qayd etilishicha, kelishuv yaqin vaqt ichida tuzilishi mumkin. Avvalroq, “Real” Ryudigerni futbolchining shartlariga ko‘ra sotib olishdan bosh tortgach, endi transfer faqat klub shartlariga ko‘ra amalga oshishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi"ning Ryudiger bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar