
"Chelsi" futbolchisi va bosh murabbiyi chempionlikdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Konferentsiyalar ligasi finalida “Chelsi” va “Betis” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda esa “Aristokratlar” 1:4 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ushbu chempionlikdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Enzo Mareska va klub etakchisi Palmer o‘z fikrlarini bildirdi.
Enzo Mareska:
“Birinchi bo‘limda biroz sust o‘ynadik, “Nottingem Forest”dan keyingi quvonch o‘yinimizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda jamoa yaxshi javob berdi va biz juda baxtiyormiz. Dam olish vaqti bizdan kam bo‘lsa-da, jamoa kuchli iroda namoyish etdi. Ris Jeymsni har doim asosiy tarkibda boshlashni xohlayman, lekin uni ehtiyot qilyapman. Malo Gusto yosh, xato qilgani uchun muammo yo‘q — u o‘sishda davom etadi. Bu g‘alaba klub va muxlislar uchun katta ahamiyatga ega. Klub katta mablag‘ sarfladi va bu yangi bosqich boshlanishi bo‘lishi mumkin. Endi klub bilan birga kelasi mavsum uchun rejalar tuzamiz.”
Palmer:
“Finalda ikkita golli uzatma amalga oshirib, jamoamning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdim. Bu men uchun unutisiz lahza bo‘ldi.”
Fikrlar