“Chelsi” gol urishdan to‘xtagan Lukakuga raqobatchi olib keladi

  • 02.10.2021 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” hujum chizig‘ida raqobatni kuchaytirish maqsadida yangi hujumchi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Yozda katta summaga olingan Romelu Lukaku bosh murabbiy Tomas Tuxel kutgan samarani bermayapti.

“Aristokratlar” qishki transferlar vaqtida “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenni Londong olib kelmoqchi. Ayni paytda, londonlik skautlar nigeriyalik forvardning A Seriyadagi o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

22 yoshli Osimxen joriy mavsumda neapolliklar safida beshta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi. “Napoli” A Seriyada oltita uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan yagona jamoa sifatida musobaqada peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!