"Chelsi" himoyachisi London klubiga ijaraga beriladi

  • 3 fevral, 03:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell "Kristal Pelas"ga ko‘chib o‘tmoqda. Tomonlar o‘rtasida kelishuv mavjud, faqatgina kichik detallar borasida muzokaralar ketyapti, deya xabar berdi "The Telegraph" nashri. Buni Fabritsio Romano ham tasdiqladi. 

Image

Angliyalik futbolchi ushbu mavsum Premer-ligada bitta o‘yinda qaydnomaga kiritildi va umuman maydonga tushirilmadi. Shu sababli, uning o‘zi ham jamoani tark etishga tayyor edi. "Kristal Pelas" Chiluellni yarim mavsumga ijaraga olishga yaqin turibdi.

Benni "aristokratlar" 2020 yili "Lester"dan 50 million evroga sotib olgandi. Fulbekning jamoa bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!