"Chelsi" hujumchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
"Chelsi" gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan shartnomani futbolchining hafta oxirida "Barselona" ishtirokidagi uchrashuvga ruxsatsiz tashrifidan so‘ng bekor qilmoqchi.
U "el-klasiko"ga tashrif buyurib, o‘yindan so‘ng "Barsa" kiyinish xonasiga kirgan va futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklagan. Shuningdek, gabonlik "ko‘k-anorranglilar" safiga qaytishni orzu qilishi haqida gapirgan.
"Aristokratlar" rahbariyatiga Obameyangning bu xatti-harakati yoqmadi. Hozirda klub 33 yoshli hujumchi bilan shartnomani bekor qilish ustida jiddiy ish olib bormoqda.
Fikrlar