
“Chelsi” Ikardi uchun 60 mln evro taklif qildi
“Inter” jamoasi hujumchisi Mauro Ikardi o‘z faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga “Chelsi” qiziqish bildirmoqda.
Daily Express nashrining ma’lum qilishicha, londonliklar argentinalik futbolchining transferi uchun “Inter”ga 63 mln evro taklif qildi. Biroq milanliklar bu summaga rozilik bermayapti.
Ikardi shartnomasida uning tovon puli 100 million evro qilib belgilangan. Argentinalik forvardga, shuningdek, “Real Madrid” qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi A Seriyaning 24 o‘yinida 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar