
"Chelsi" ikki hujumchisi bilan xayrlashmoqchi
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi hujumchilar Olive Jiru va Pedroni sotib yubormoqchi. Ushbu transferlarni "ko‘klar" qishgi transfer oynasi vaqtidayoq amalga oshirishmoqchi.
Londonliklar ispaniyalik va frantsiyalik hujumchilarni klubda ushlab turishdan manfaat yo‘q deb hisoblashmoqda. Ular yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pedro uchun turk va xitoy klublaridan taklif borligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar