“Chelsi” ikki hujumchisidan birini sotuvga qo‘yadi
Angliya Premier-ligasining keyingi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Chelsi” klubi bu yozda hujumchilaridan birini sotishni rejalashtirmoqda. Tanlov ikki futbolchi – Liam Delap va Nikolas Jekson o‘rtasida bo‘ladi.
Hozirda jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso ixtiyorida to‘rt nafar hujumchi bor. Ulardan braziliyalik Joao Pedro “dahlsiz” hisoblanadi. Mark Giu esa murabbiy rejalariga kirmaydi va ijaraga yoki butunlay boshqa klubga ketishi kutilmoqda.
Shundan so‘ng, “Chelsi” Delap va Jekson masalasini hal qilib, ulardan birini tanlashi kerak bo‘ladi. Liam Delap bir yil avval “Ipsvich Taun”dan 30 million funt sterlingga sotib olingan, ammo o‘tgan mavsumda Premier-ligada atigi bitta gol urdi xolos. Senegalik Nikolas Jekson esa “Bavariya”dagi ijara muddatidan keyin yana “Stemford Bridj”ga qaytdi. Myunxenliklar uni to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanmaslikka qaror qildi.
Delapning mavsumi muvaffaqiyatsiz o‘tgan bo‘lsa ham, unga qiziqish yuqori bo‘lib qolmoqda. Premier-liganing kamida ikki klubi 23 yoshli ingliz hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Fikrlar