“Chelsi” ikki nafar qimmatbaho darvozabondan voz kechmoqda

  • 4 noyabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi yozda jamoa darvozasini qo‘riqlashga yangi posbon oladi. The Telegraph nashri jurnalisti Mett Louning ta’kidlashicha, klub rahbariyati hozirgi darvozabonlar Eduar Mendi va Kepa Arrisabalagaga to‘liq ishonch bildirishga tayyor emas.

Tecno

Ispaniyalik posbon Kepa ancha oldin ishonchni yo‘qotib bo‘lgan. Senegallik Mendi ikki yil oldin uning o‘rniga asosiy darvozabon sifatida olib kelingandi. Mendi 2020-2021 yilgi mavsumda UEFA tomonidan qit’aning eng yaxshi darvozaboni, deb topilgan.

Ayni paytda uning o‘yinida ham pasayish kuzatilmoqda. Bundan tashqari, 30 yoshli golkiper katta maosh talab qila boshladi.

Bir so‘z bilan aytganda, har ikki darvozabonga ham barqarorlik etishmayotgani ularning o‘rniga boshqa golkiper olinishiga sabab bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!