“Chelsi” ishongan hujumchi Lukaku Italiyaga qaytadi

  • 13.12.2021 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Romelu Rukakuning agenti Federiko Pastorella belgiyalik hujumchi albatta Italiyaga qaytishini ma’lum qildi. U bu ma’lumotni italiyalik jurnalist Nikolo Skira bilan intervyuda keltirgan.

O‘tgan mavsumda “Inter”ning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Lukaku yozda Tomas Tuxel talabi bilan katta mablag‘ evaziga “Chelsi”ga olib kelindi. Biroq, Angliya premer-ligasida to‘p tepish tajribasiga ega futbolchi bu gal A Seriyada bo‘lgani kabi ko‘p gol urolmayapti.

Buning oqibatida Romeluning klubdan ketishi haqida turli gap-so‘zlar tarqala boshladi. Bu haqda Federiko Pastorelladan ham so‘rashdi.

- U Italiyani yoqtiradi va albatta, A Seriyaga qaytadi. Hozir u “Chelsi”da o‘zini baxtiyor his qilyapti. Lukaku ayni paytda bor e’tiborini “aristokratlar” bilan muvaffaqiyatga erishiga qaratgan, - dedi Federiko Pastorella.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!