“Chelsi” juda foydali o‘yinchi oldi

  • 3 iyul, 2024, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Lester Siti” markaziy yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xoll faoliyatini “Chelsi” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

“Chelsi” matbuot xizmati rasmiy sayt orqali bu transfer amalga oshganini tasdiqladi.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Kirnan Dyusberi-Xollga 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma taklif qilingan. Bu transfer “aristokratlar” uchun 30 million funtga tushgani aytilmoqda.

25 yoshli yarim himoyachi “Lester Siti”ga 2021 yili qabul qilingan edi. O‘tgan mavsum Kirman barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol va 14 ta assist mualifi bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Entso Mareska ilgari “Lester Siti”ni boshqargan va Kirnanning imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!