
"Chelsi" Kepa o‘rniga "Renn" darvozabonini olib kelmoqchi
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga o‘z o‘rnini "Renn" posboniga bo‘shatib berishi mumkin.
“Aristokratlar” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempardning iltimosiga ko‘ra, yangi darvozabon qidirish ishlarini olib bormoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, Arrisabalaga o‘rnini "Renn" posboni Eduard Mendi egallashi mumkin. Ammo frantsuz klubi ushbu transfer bo‘yicha APL grandi tomonidan yuborilgan ilk taklifni rad etdi. “Chelsi” esa 20 mln evro to‘lashga tayyor.
Mendi o‘tgan mavsum “Renn” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 12 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar