“Chelsi” klubda 16 yil yurgan futbolchini haydayapti

  • 08.08.2023 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettini klub tarbiyalanuvchisi Trevo Chaloba bilan xayrlashishga qaror qildi. Klub rahbariyati futbolchiga shu yoz o‘ziga boshqa jamoa topishi kerakligini aytdi.

24 yoshli futbolchi klub tizimiga 16 yil muqaddam – 8 yoshida qabul qilingan edi. Endi u “aristokratlar” safini tark etishi kerak.

Klub mutasaddilari Trevoga “Vest Xem”, “Kristal Pelas” yoki “Everton” variantlarini taklif qilgan. Biroq, himoyachi “Chelsi”dan ketadigan bo‘lsa, xorij klublaridan birida to‘p tepmoqchi.

Avvalroq, Chalobaga “Roma”,”Lion”, “Volfsburg” va “Napoli” kabi jamoalar qiziqish bildirgan edi. Londonliklar bu o‘yinchini to‘liq sotib oladigan jamoa topilmasa, uni ijaraga jo‘natishni rejalashtiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!