
"Chelsi" klubi MYu va "Arsenal"dan ortda qolmoqda
Angliya Premer-ligasining dastlabki turida "Chelsi" safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, London klubining APL tarixidagi ochkolari soni 2000 taga etdi. "Chelsi" ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan uchinchi jamoaga aylandi.
2234 ochko jamg‘arishga ulgurgan "Manchester Yunayted" hamda 2014 ochkoga ega bo‘lib turgan "Arsenal" klublari "aristokratlar"dan oldinda bormoqda.
"Liverpul" (1951) va "Tottenxem" (1654) esa "Chelsi"ni ta’qib qilib kelmoqda.
Fikrlar